Özbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlum qilindi

Özbekistonda hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlum qilindi

Özbekiston böyiça 25-29 noyabr kunlariga ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Haftaning birinçi yarmida Özbekiston hududining katta qismida havo iliq böladi. 

"Özgidromet" xabariga köra, 25-27 noyabr kunlari harorat keçalari asosan +2...+7, kunduz kunlari +15...+20, janubda keçalari +7...+12, kunduz kunlari +17...+22 daraja atrofida böladi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat keçalari -2...-7, kunduz kunlari esa +7...+12 darajadan oşmaydi.

Uşbu kunlarda respublika böyiça quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent viloyatining ayrim joylarida 26 noyabr kuni keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin.

Haftaning ikkinçi yarmida Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelişi boşlanadi.

28-29 noyabrda respublikaning aksariyat viloyatlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida va 28 noyabrda Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Yomğir yoğişi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28 noyabrda harorat keçasi +7...+10, kunduzi +17...+20 daraja atrofida böladi. 29 noyabrda haroratning pasayişi boşlanadi, kunduz kungi harorat +10...+13 darajani taşkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi.

28 noyabrda Toşkent viloyatining toğli hududlarida, 28-29 noyabrda respublikaning toğli hududlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.

Poytaxtda: 25-28 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari asosan +4...+7, 28 noyabrda +7...+10, kunduz kunlari +17...+20 daraja böladi.

29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat keçasi +7...+10, kunduzi +10...+13 daraja böladi.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi.

Teglar:
×