Bugun, 12 aprel kuni Özbekiston hududi böyiça quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Uşbu havo massasi natijasida faqat Farğona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. 13 aprel kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomğir yoğişi mumkin. Uşbu kunlarda havo harorati keçalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqni taşkil etadi.
14 aprel kuni respublikaning markaziy hududlarida beqaror ob-havo bölişi kutilmoqda. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari böyiça baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Özbekistonning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Havo harorati keçasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq atrofida böladi.
Hafta ikkinçi yarmida respublikaning barça hududlarida havo harorati haftaning boşiga nisbatan keçalari 9-14 daraja iliq, kunduz kuni 22-27 daraja issiq bölgan biroz yuqori, asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
Uşbu kunlarda Toşkent va Namangan viloyatlarining toğli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor.









