Şavkat Mirziyoyev bugun, 10 may kuni «Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida»gi PQ-5110-sonli qarorga imzo çekdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qarorga köra, Özbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 13 may — payşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nişonlanişi belgilandi.
Şuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (şanba) kunlari qöşimça dam oliş kuni deb eʼlon qilindi.
Bundan kelib çiqib, özbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bölişdi:
13 may, payşanba — Ramazon Hayitining birinçi kuni (işlanmaydigan bayram kuni);
14 may, juma — qöşimça dam oliş kuni (barça uçun);
15 may, şanba — qöşimça dam oliş kuni (barça uçun);
16 may, yakşanba — umumiy dam oliş kuni.









