Özbekistonliklar 25 sentyabrdan Iordaniyaga vizasiz bora oladi

Özbekistonliklar 25 sentyabrdan Iordaniyaga vizasiz bora oladi

Özbekiston fuqarolari joriy yilning 25 sentyabridan boşlab Iordaniyaga vizasiz borişi mumkin böladi. Buni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov tasdiqladi. 

Uning aniqlik kiritişiça, Özbekiston va Iordaniya örtasida vizasiz rejimni joriy etiş töğrisidagi bitim imzolanganidan 30 kun ötib, yaʼni 25 sentyabrdan kuçga kiradi. Özbekistonliklar Iordaniyada 30 kungaça vizasiz qolişi mumkin böladi.

Maʼlumki, 26 avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Samarqandda bölib ötgan muzokaralari natijasida tomonlar özaro ravişda kiriş vizasi talabidan ozod qiliş töğrisida kelişuvga erişgan. 


×