Prezident Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan Özbekistonda 1—5 sentyabr kunlari dam oliş kuni etib belgilandi.
Farmonga binoan, kelayotgan bayramda iş haftasi turidan qatʼi nazar, idoralar, korxona va taşkilotlarning barça xodimlariga ketma-ket beş kunlik taʼtil beriladi.
- 1 sentyabr (çorşanba) — Mustaqillik kuni;
- 2 sentyabr (payşanba) — qöşimça dam oliş kuni;
- 3 sentyabr (juma) — qöşimça dam oliş kuni;
- 4 sentyabr (şanba) — dam oliş kuni (hamma uçun, iş haftasi turidan qatʼi nazar);
- 5 sentyabr (yakşanba) — dam oliş kuni.









