Özbekistonda kuniga qança odam koronavirusga çalinyapti?

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyev iştirokida brifing bölib ötdi.

Unda maʼlum qilinişiça, mamlakatimizda har kuni 20-40 kişida koronavirus aniqlanmoqda. Tahlillarga köra, oxirgi 3-4 haftada kasallaniş körsatkiçi birmunça pasaygan.

Hozirda ikkita asosiy yönalişda iş olib borilyapti:

1) emlaş jarayonini taşkil etiş. Bunda moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati va muzlatkiç zanjirini saqlaş masalasi közda tutilgan;

2) vaktsinalarni xarid qiliş.
3168 ta emlaş punkti va 860 dan ziyod mobil brigada taşkil etilgan. Bu yönalişda zarur vositalar uçun 6 milliard sömdan ziyod mablağ ajratilgan va xarid jarayonlari amalga oşirilmoqda.

10 ming nafardan ortiq vaktsinator, patronaj hamşiralari, 33 ming nafardan ortiq şifokor emlaş jarayoniga tayyorgarlik körişgan.

Maʼlumot uçun Özbekistonda bugunga qadar 80 mingga yaqin kişi uşbu infektsiyaga çalingan, ulardan 99 %i davolangan va qolgan qismi, yaʼni 622 kişi vafot etgan.

×