«Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bağrikenglik oyidir. Bu qutluğ ayyomda mehr-şafqatli, keçirimli böliş hammamiz uçun ham farz, ham qarz» — dedi davlatimiz rahbari.
Şu munosabat bilan, Ramazon hayiti arafasida Prezident adaşib jinoyatga qöl urgan, lekin aybini çuqur anglab, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 65 nafar fuqaroni afv etiş böyiça farmonni imzoladi.
Mutasaddilarga uşbu fuqarolar bayramni öz uyida, yaqinlari bağrida kutib olişlari uçun barça şaroitlarni yaratiş böyiça topşiriq berildi.
Şu bilan birga, viloyat, tuman va şahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada ötişini taʼminlaş vazifasi qöyildi.
«Uluğ mutafakkir Mir Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon böliş – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu iş uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, şu bilan birga, vijdoniy burçimizga aylanişi kerak», — dedi Prezident.









