Namanganda toza içimlik suvi tanqisligi böyiça maʼlumot berildi

Namanganda toza içimlik suvi tanqisligi böyiça maʼlumot berildi

Namangan viloyatining köp joylarida toza içimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda.

Uşbu holat yuzasidan “Namangan suv taʼminoti” MÇJ Axborot xizmati Namanaganliklar.uz ga xabar berişiça:

Joriy yil 6-7 may kunlari ob-xavoni noqulay kelganligi sababli, Namangan katta kanali va Şimoliy Farğona kanalida suvning loyqalik darajasi meʼyoridan bir neça marotaba kötarilib ketişi, hatto töq sariq bötana holatiga keliş holatlari kuzatilib, bunday holatda inşootlarning quvvati öta loyqa suvni tindirib, tozalab ulgurmasligi sababli kanaldan suv oliş töliq töxtatilişiga majbur bölindi.

Namangan katta kanali va Şimoliy Farğona kanalida suvning loyqalik darajasi taʼsirida Namangan şahrining katta qismidagi suv tarmoqlari töliq böşab qolganligi sababli, suv uzatila boşlanganidan söng tarmoqlarda yetarli bosim hosil bölib, köp qavatli uylarning eng yuqori qismiga suv yetib çiqişi uçun köp vaqt talab etilgani natijasida, suv taʼminotidagi uziliş ayrim joylardagi uylarda sodir bölişiga sabab bölmoqda. deydi “Namangan suv taʼminoti” MÇJ Axborot xizmati

×