Namangan şahridagi içimlik suvi taʼminotida nosozlik yuzaga keldi

Namangan şahridagi içimlik suvi taʼminotida nosozlik yuzaga keldi

Bugun, 11 yanvar kuni, «Paxtaliköl» suv uzatiş  inşootida   D-1000 mm.li  yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bӯlganligi sababli mazkur inşoot faoliyati soat 10:00 dan boşlab vaqtinçalik tӯxtatildi. Bu haqda «Namangan suv taʼminoti» MÇJ axborot xizmati xabar berdi.

Nosozlik natijasida Namangan şahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Gözal, Çamanzor, Minçinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod,  Işonç, Istiqbol MFY hududi va 1-kiçik tumani ayrim joylarida içimlik suvi taʼminotida vaqtinçalik uzilişlar sodir böladi.

Qayd etilişiça, hozirda mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.

Eslatib ötamiz, kuni keça Andijon şahriga içimlik suvi yetkazib beruvçi diametri 1400 mm bölgan «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining Andijon tumani «Xortum» MFYga qaraşli Anjirzor köçasi hududida joylaşgan suv taqsimlaş jihozida nosozlik yuzaga kelgandi. Natijada Andijon şahri va unga yondoş tumanlarning ayrim hududlari içimlik suvisiz qolgandi.

×