Habaringiz bor, tuman, şahar davlat xizmatlari markazi binosini davlat-hususiy şerikçiligi asosida qurilişi belgilangan.
Şunga muvofiq, Davlatobod tuman davlat xizmatlari markazi binosini davlat-hususiy şerikçiligi asosida quriş uçun takliflar qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi 3701-sonli Qarori böyiça Davlat-hususiy şerikçiligi asosida davlat xizmatlari markazi binosini quradigan tadbirkorlar uçun quyidagi imtiyozlar mavjud:
1.Qöşimça biznes taşkil qilişi uçun DXM qurilişiga ajratilgan yer maydonidan kam bölmagan miqdorda, viloyatning istalgan hududidan bepul, tanlovlarsiz, töğridan-töğri yer maydoni ajratiladi.
2.Ajratilgan hududda taşkil qilgan biznesi uçun yer soliği, mulk soliği, yagona soliq, yagona yer soliği tölovidan 5 yilga ozod qilinadi.
3.DXM binosi bitgaç, ayrim jolarni ijaraga berişdan tuşadigan mablağni tadbirkorga yönaltirilişi mumkin!
Şunday ekan bu sizning biznesingiz uçun qulay imkoniyatdir va undan unimli foydalanib qoling!

Bino quriş istagini bildiruvçi talabgorlar Davlatobod tuman hokimligi yoki Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boşqarmasiga murojaat qilişlari mumkin.
Murojaat uçun telefonlar: (69) 226-55-00, (69) 226-11-00
DXA Namangan viloyat boşqarmasi Axborot xizmati









