Saudiya Arabistoni aviatsiya boşqarmasi «GACA» podşohlikka keluvçi yölovçilar uçun «Covid-19» bilan boğliq baʼzi çeklovlarga özgartiriş kiritdi.
Bu haqda Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita xabar berdi.
Unga köra Umra-2022 mavsumida Saudiya Arabistoni Podşohligiga safar qilayotgan ziyoratçilar uçun safardan oldin olinadigan PZR test maʼlumotini taqdim etiş tartibi bekor qilindi.
Umra dasturida safar qiluvçi ziyoratçilar koronavirusga qarşi quyidagi vaktsinalardan biri bilan emlangan bölişi talab etiladi:
- Pfizer/BioNTech;
- Oxford-AstraZeneca;
- Moderna;
- Johnson & Johnson.









