Namangan viloyati quriliş sohasida xududiy nazorat inspektsiyasi viloyat hududida olib borilayotgan quriliş-montaj işlarini qonuniyligi, quriliş meʼyor va qoidalariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini olib boradi.


Quriliş işlarini amalga oşiriş uçun, avvalo, loyixa smeta xujjatlarini işlab çiqiş, uni ekspertizadan ötkaziş yaʼni tasdiqlaş lozim böladi.
Quriliş obʼektida iş boşlaş uçun quriliş pudrat taşkiloti bilan şartnoma tuziş, texnik nazoratçi funktsiyasini amalga oşiruvçi subʼekt bilan şartnoma tuzilişi, loyixani işlab çiqqan loyixa taşkiloti bilan şartnoma tuzib, buyruq asosida mualliflik nazoratini olib boriş böyiça mutaxassis tayinlanadi.
Quriliş boşlaşdan avval Namangan viloyati quriliş soxasida xududiy nazorat inspektsiyasini Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 18 maydagi370-sonli qarorida körsatib ötilgan tartibda xabardor qilinadi. Uşbu xabarnomani yuboriş uçun Davlat xizmatlari agentligining xududiy bölimlariga murojaat qilinadi yoki YAIDXP orqali xabarnoma yuboriladi.
Xabarnoma yuborilganidan söng 3 iş kunida xududiy inspektsiyaning inspektori obʼektga yetib borib, qurilişni qonuniy olib boriş, mustaxkamligini taʼminlaş böyiça özini maslaxat va körsatmalarini berib boradi.
Quriliş boşlaşdan avval Quriliş sohasida xududiy nazorat inspektsiyasini xabardor etmasdan quriliş işlarini olib boriş Özbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan taʼqib qilinadi va Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismida körsatib ötilgan maʼmuriy jazo çorasi körilib, fuqarolarga bazaviy xisoblaş miqdorining 25 barobaridan 30 barobarigaça, mansabdor şaxslarga esa bazaviy xisoblaş miqdorining 50 barobaridan 70 barobarigaça miqdorda jarima solinişiga sabab böladi.
Xurmatli fuqarolar, tadbirkor va işbilarmonlar. Siz barpo etayotgan bino-inşootlaringizni mustaxkamligini, kelajak avlodlar uçun xam xizmat qilişini xoxlasangiz quriliş tartib-qoidalariga rioya eting.
Namangan viloyati quriliş sohasida xududiy nazorat inspektsiyasi










