Joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uçqörğon tumanidan oqib ötuvçi «Norin» daryosi ustida joylaşgan köprik qirğoğiga tuşgan notaniş ayol farzandi bilan birgalikda suvga özini taşlab yuboradi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.
Şu vaqtda uşbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qöriqlaş boşqarmasi xodimi hamda voqea joyidan ötib ketayotgan yölovçi fuqaro A.A. lar ayol va bolani qutqarib, tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borgan.
Olib borilgan dastlabki suriştiruvlar davomida uşbu ayol Namangan viloyati Uçqörğon tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan fuqaro X.M. bölib 2017 yilda tuğilgan farzandini öziga boğlagan holda suvga taşlagani maʼlum bölgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tuman IIB tomonidan suriştiruv işlari davom etmoqda.









