Namanganda qum tökişga kelgan «ZIL» xonadon egasining 2 yoşli farzandini bosib ketdi (Video)

Namanganda qum tökişga kelgan «ZIL» xonadon egasining 2 yoşli farzandini bosib ketdi (Video)

4 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida yaşovçi 31 yoşli fuqaro öz boşqaruvidagi «ZIL-130» avtomaşinasida 2 yoşli bolakayni bosib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, 1989 yilda tuğilgan fuqaro özining «ZIL-130»da Namangan şahar Nurobod mahallasidagi xonadonlarning birida olib borilayotgan taʼmirlaş işlari uçun qum yetkazib bergan. Qumni belgilangan joyga tökib, qaytayotganida xonadon egasining 2018 yilda tuğilgan farzandi «ZIL» ostida qum öynab ötirgan bölgan. Haydovçi bolakayni körmay qolib, uni bosib ketgan.

Natijada jabrlanuvçi voqea joyida vafot etgan.

×