Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida qaynatasi bilan tortişib qolgan kelin özi va ikki nafar farzandini poyezd tagiga taşlab, vafot etgan. Taʼkidlanişiça, voqea keça, 14 iyul kuni tong payti soat 05:00 da sodir bölgan.

Xodisa guvoxlaridan birining aytişiça
«Bu oila Çiroqçi tumanida yaşaydi. Marhumaning eri Rossiyada işlaydi. Kelin qaynatasi bilan janjallaşib qolib, özi va ikki farzandini poyezd tagiga taşlagan ekan. Marhumaning eri bugun (15 iyul sanasi nazarda tutilmoqda) uyiga qaytayotgan ekan»

«Voqea keça emas, beş-olti kun ilgari sodir bölgan. Haqiqatan ham ayol özi va ikki nafar farzandini poyezd tagiga taşlab vafot etgan. Voqeaga oilaviy mojaro sabab bölgan. Voqea sababi va tafsilotlarini masʼul taşkilotlar örganmoqda», — dedi Çiroqçi tuman IIB boşliği Aktam Beşimqulov.









