Ota öz ayoli va 13 yoşli farzandini boltaning sopi bilan öldirdi

Ota öz ayoli va 13 yoşli farzandini boltaning sopi bilan öldirdi

Farğona viloyati Furqat tumanida er öz ayoli va 13 yoşli farzandini şavqatsizlarça öldirgan. Bu hodisa 2021 yil 11 may kuni sodir etilgan. Ayni şu kuni Furqat tumani Qöqonboy qişloğida, Yöldoşevlar xonadonidan ikki tobut çiqdi.

Maʼlum qilinişiça, Yöldoşev dori oliş maqsadida uyda bölgan beş yuz ming söm pulni olib çiqib ketayotganida, umr yöldoşi keç bölganda köp miqdorda pul bilan çiqib ketayotgan erini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilgan.

Er öz ğazabini bosa olmay yaşab turgan uyining hovlisida turgan bolta uçun dasta qilingan yoğoç bilan ona va bolaning boş va inson hayoti uçun muhum bölgan boşqa sohalariga şavqatsizlarça urib hayot uçun xavfli bölgan jarohatlar yetkazgan.

Şundan söng olgan tan jarohatlari sababli ona ham bola ham voqea joyida vafot etgan.

Sud jarayonida maʼlum bölişiça, öldirilgan ayol Yöldoşevning ikkinçi rözğori bölgan. Oilada doim notinçlik, ayol va er örtasida janjallar tez-tez sodir bölib turgan.

Mana şular sababli er içkilikka berilib ketgani, ayol esa erini bu yöldan qaytariş uçun uni Ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylagani, oila bilan mahalla faollari va Uçastka inspektori köp marotaba muloqot qilgani, ammo oila bulardan heç qaçon töğri xulosa çiqarmaganligini sud jarayonida maʼlum qilgan.

Bundan taşqari u ayolidan doim gumon qilib yurganini va 13 yoşli farzanding ham öziniki emasligidan şubhalanganini maʼlum qilgan.

Ayblanuvçi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi ikkinçi qismi A va J bandlari bilan aybdor deb topilib, 22 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

×