Moskvada 500 nafardan ortiq özbekistonlik norozilikka çiqdi

Moskvada 500 nafardan ortiq özbekistonlik norozilikka çiqdi

Moskva şahrida 500 nafardan ortiq özbekistonlik muhojir norozilik bildirib, iş joyi hovlisiga çiqqan. Jonli efir vaqtida migrantlar muammosiga Özbekiston masʼullari, özbek OAVlari va Rossiya OAVlari eʼtibor berişini xohlaşayotganini bildirişgan.

Qayd etilişiça, 500 nafardan ortiq muhojirlar Rossiyaga Özbekistonning Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tarafidan rasmiy ravişda olib kelingan. Yaʼni, ular Belarus yoki boşqa yöllar orqali noqonuniy kirib kelganlardan emas. Davlat tarafidan Rossiyaning «ANTEK» quriliş taşkilotiga işlaşga kelgan muhojirlarga iş beruvçi bilet olib bergan. Yotoqxonaga joylaşişgan. Jonli efir vaqtida namoyiş ötkazayotgan migrantlar uç oydan buyon yotoqxonadan heç qayerga çiqa olişmayotganini aytişgan.

Holat yuzasidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonot berdi.

Rossiya Federatsiyasining «ANTEK» quriliş kompaniyasida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun jalb qilingan Özbekiston fuqarolari bilan boğliq holatni örganiş maqsadida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi rahbari S.Mansurov, Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi maslahatçisi A.Ziyamuxamedovlar voqea joyiga borgan, fuqarolar va masʼul şaxslar bilan uçraşib, hamyurtlarimizning yaşaş va işlaş şaroitlari bilan tanişgan.

Örganiş jarayonida quyidagilar maʼlum böldi:

  • fuqarolarning karantin şaroitida böliş davri çözilib ketgan. Rossiya Federatsiyasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligini nazorat qiliş böyiça federal xizmati (Rospotrebnadzor) tomonidan ötkazilgan tekşirişlar natijasida ayrim fuqarolarda koronavirus infektsiyasi aniqlangani sababli ular ikki oyga yaqin vaqt davomida karantin hududida bölib turibdi;
  • iş beruvçi taşkilotlar xodimlari tomonidan işçilarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari olib qöyilgan.

Natijada, karantin hududida bölib turgan fuqarolarda işlaş huquqini beruvçi patentni rasmiylaştiriş uçun vakolatli organlarga murojaat qiliş muddatining ötib ketayotgani va rasmiylaştirilgan patent uçun tölovlarning amalga oşirilmayotgani sababli bekor bölişi kabi xavotirlar paydo bölgan.

Şuningdek, fuqarolar uçun ovqat taşkil etiş bilan boğliq hamda yotoqxona xavfsizligi xodimlari bilan muammolar yuzaga kelgan.

«Ayni paytda uşbu vaziyat nazoratga olingan bölib, yuqoridagi muammolarni bartaraf etiş, xususan, pasportlarni fuqarolarga qaytariş, quriliş obʼektlarida iş boşlaş jarayonini tezlaştiriş, ularning yaşaş va işlaş şaroitlarini yaxşilaş böyiça «ANTEK» MÇJ rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda», deyiladi rasmiy bayonotda.

×