VPN servislarning 20 milliondan ortiq foydalanuvçilari maʼlumoti internetga sizib çiqdi

VPN servislarning 20 milliondan ortiq foydalanuvçilari maʼlumoti internetga sizib çiqdi

Bepul VPN servislaridan foydalanuvçi 20 milliondan ortiq kişining maʼlumotlari internet tarmoğida paydo böldi. Bu haqda «Kommersantʼ» Isroilning vpnMentor kiberxavfsizlik kompaniyasiga asoslanib xabar bermoqda.

Xususan, foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlari, şu jumladan IP manzillari, elektron poçtasi, uy manzili, maxfiy kodlari, telefon modellari va boşqa maʼlumotlar tarmoqqa sizib çiqdi.

Uşbu holat Rabbit VPN, Free VPN, UFO VPN, FAST VPN, Secure VPN va Super VPN kabi servislar foydalanuvçilari orasida yuz berdi.

Mutaxassislar fikriga köra, internetda paydo bölgan axborotlar orasida MDH va Rossiyadagi minglab fuqarolarning maʼlumotlarini topiş mumkin.

KPMG’ning Rossiya va MDH davlatlarida kiberxavfsizlik sohasida xizmat körsatiş böyiça guruhi rahbari Ilya Şalenkovning taʼkidlaşiça, bepul VPN servislari xavfsizlik va anonimlikning past darajasiga ega, şuning uçun ularni texnik jihatlarni yaxşi bilmagan odamlar işlatadi.

×