Moskvada özbekistonlik va tojikistonlik migrantlar miting ötkazdi

Moskvada özbekistonlik va tojikistonlik migrantlar miting ötkazdi

Rossiya Federatsiyasida mehnat qilib, ötgan yilning noyabr oyidan beri oylik maoşini olmagan özbekistonlik va tojikistonlik minglab migrantlar Moskvada miting uyuştirdi. Vaziyatni örgangan Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hodisaga izoh berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 22 fevral kuni Moskva şahridagi “Srocus Group” quriliş maydonçasida mehnat migrantlari tomonidan norozilik harakati uyuştirilgan. Namoyişga iş haqining öz vaqtida tölanmagani sabab bölgan. Şundan söng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uçraşib, ularning işlagan barça maoşlarini tölab berişni vaʼda qilgan.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi miting oqibatida jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligini maʼlum qilgan.

Alibek Beyjanov


Teglar:
×