Namangan viloyatining Pop tumanidagi yangi qurib bitkazilgan karantin hududiga xorijdan qaytgan bir guruh fuqarolar joylaştirildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Xorijdan, asosan, Rossiyadan qaytganlar jami 750 nafardan ortiq, ularga 82 nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan.
Karantin markaziga joylaştirilganlar Özbekistonning deyarli barça hududlaridan bölib, eng köpi Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari vakillari hisobiga töğri kelmoqda.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
Mutasaddilarga köra, ular uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan. Xonalar 4 kişiga möljallangan bölib, televizor, sovutgiç va duş bilan taʼminlangan. Kuniga uç mahal ovqat berilib, muntazam ravişda tibbiy körikdan ötkazilmoqda.
Maʼlumot uçun, Popdagi karantin hududi joriy yil iyun oyi örtalarida qurib bitkazilgan bölib, jami 1200 kişiga möljallangan.









