Rossiyada qamalgan 3 mingdan ortiq özbekistonlik mamlakatga qaytarilişi mumkin

Rossiyada qamalgan 3 mingdan ortiq özbekistonlik mamlakatga qaytarilişi mumkin

Rossiya tomoni öz hududida jazo ötayotgan 3 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosini mamlakatiga qaytarişga tayyor. Bu haqda Rossiya Inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova MDH Inson huquqlari komissiyasi yiğilişida maʼlum qildi.


Moskalkovaning taʼkidlaşiça, Rossiya bunday topşirişni amalga oşirişga tayyor, lekin Özbekiston hozirça mahkumlarni qabul qila olmaydi. Sababi – mamlakat 1998 yilda qabul qilingan, ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarni boşqa davlatga topşiriş haqidagi xalqaro konventsiyani hali ratifikatsiya qilmagan.

Moskalkovaning tuşuntirişiça, aynan şu konventsiyaga qöşiliş orqali fuqarolarni boşqa davlatdan öz yurtiga olib kelib, jazoni öz mamlakatida ötaş imkoniyati yaratiladi.

Mazkur konventsiya Rossiyada allaqaçon ratifikatsiya qilingan va u Belarus, Tojikiston, Qozoğiston, Armaniston hamda Qirğiziston kabi davlatlarda ham amal qiladi. Uşbu kelişuvga köra, bir davlatda sudlangan fuqaro öz fuqaroligi bölgan davlatga ötkazilib, jazoni öşa yerda ötaşi mumkin.

Bu tizimning asosiy maqsadi – mahkumlarning ijtimoiy moslaşuvini osonlaştiriş va ularning insoniy şaroitlarda jazo ötaşiga yordam berişdir.


×