Şu yilning 14 aprel kuni, Farğona viloyati, Buvayda tumani IIB navbatçilik qismiga «Maslahat» MFY hududidan oqib ötgan «Oyimtarra» kanaliga yoş qizça nomaʼlum ayol tomonidan urib, taşlab yuborilganligi haqida xabar kelib tuşgan.
Boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilişiça, mazkur xabar asosida ötkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, fuqaro M.Ye. turmuş örtoği B.Y. bilan şarʼiy nikoh asosida yaşab kelayotgan fuqaro M.J.dan raşk qilib, öç oliş maqsadida uning 2012 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni maktabdan aldab, «Oyimtarra» kanali yaqiniga olib kelib, qasddan öldiriş maqsadida nomaʼlum jism bilan uning boş sohasiga urib, kanalga taşlab yuborgan.
Uşbu holatni körib qolgan Buvayda tumanida yaşovçi, 2005 yilda tuğilgan Ş.Yangiyevning jasorati tufayli F.F. kanaldan qutqarib olinib, hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, M.Ye.ga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maktab öquvçisi Ş.Yangiyevning bu harakatlarini munosib rağbatlantiriş maqsadida Farğona viloyat prokurori va viloyat IIB boşliğining buyruqlari bilan unga taşakkurnoma eʼlon qilinib, tadbirda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi hamda u taʼlim olayotgan maktabga bu haqda taqdimnoma kiritilişi belgilangan.









