Joriy yilning 5 fevral kuni Toşkent viloyati, Böka tumani, Böston MFY hududidan ötgan içki avtomobil yölida, haydovçi, 1984 yilda tuğilgan Ğ.E. «Spark» rusumli avtomobilni boşqarayotib, 2012 yilda tuğilgan D.Ş.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda, 8 yoşli D.Ş. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Böka tumani prokuraturasi tomonidan suriştiruv işlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» haydovçisi içki işlar xodimi ekani aytilmoqda.









