Namanganda «Nexia» ona va qizni urib yubordi

Namanganda «Nexia» ona va qizni urib yubordi

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 31 avgust kuni «Nexia» yölni kesib ötayotgan ona va qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, voqea soat 22:20 atrofida tumanning Birlaşgan MFY içki yölida sodir bölgan. Aniqlanişiça, tumanda yaşovçi 37 yoşli fuqaro «Nexia» avtomobilida harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yölni kesib ötayotgan ona va qizni urib yuborgan.

Taʼkidlanişiça, jabrlanuvçilar 51 yoşli ayol va 16 yoşli qizni urib yuborgan. Oqibatda piyodalar bel umurtqasining yopiq sinişi va çap oyoq töpiq suyagining yopiq sinişi taşxislari bilan tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Qaşqadaryoda «Nexia» piyodalar yölakçasidan ötayotgan ona-bolani urib yuborgani maʼlum qilingan. Şuningdek, Namanganda «Jiguli» urib yuborgan 6 yoşli bola şifoxonada vafot etgani xabar qilingan.

×