Andijon viloyatining Marhamat tumanida 3 nafar ösmir radar qurilmasini urib tuşirib, kanalga oqizib yubordi. Bu haqda “Bu kun” xabar berdi.
Maʼlim qilinişiça, joriy yilning 9 yanvar kuni Asaka–Marhamat avtomobil yölida örnatilgan tezlikni aniqlovçi avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş qurilmasi nomaʼlum şaxslar tomonidan buzilib, öğirlab ketilgani haqida içki işlar bölimiga xabar kelib tuşgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni uç nafar voyaga yetmagan şaxs sodir etgani maʼlum bölgan.
Ular radarni yoğoç bilan urib tuşirib, keyin kanalga taşlab ketgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Andijon viloyatining Andijon şahrida 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan öq otgan erkak uşlangandi.









