Çorsudagi IIB, Milliy gvardiya va fuqaro örtasidagi tortişuv yuzasidan munosabat

Çorsudagi IIB, Milliy gvardiya va fuqaro örtasidagi tortişuv yuzasidan munosabat

Namanganliklar.uz telegram kanalida 20 aprel soat 11:06 da "Namangan şahrining «Çorsu» dahasida Içki işlar, Milliy gvardiya bilan fuqarolar örtasida tortişuv bölganmi?" sarlavxasi ostida video joylandi.

Holat yuzasidan Namangan şahar, Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati bizga maʼlum qilişiça:

Joriy yilning 20 aprel kuni taxminan soat 10:00larda Namangan şahar “Çorsu” mehmonxonasi atrofida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari şu hududda turgan Namangan şahrida yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan, yigit fuqarolar bilan töplanib turmaslik, karantin qoidalariga rioya etilişi böyiça bildirilgan qonuniy talabga böysunmaganligi sababli, IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan Namangan şahar IIO FMB binosiga olib kelingan. Uning harakatlarida Öz.Res. MJTK 183,194-moddalarida körsatilgan xuquqbuzarlik alomatlari borligi, biroq suriştiruv davomida, u voyaga yetmaganligi aniqlanganligi bois yigitning ota-onasiga nisbatan Öz.Res. MJTKning 47-moddasiga asosan xujjatlar rasmiylaştirildi. 

Şu örinda yana bir bor eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 18 aprel sanasidan boşlab yurtimizda karantin qoidalari kuçaytirildi. Uşbu qoidalarni mensimaganlarga esa qatʼiy çora körilişi belgilangan.

×