«Oddiy xalqning qonini içasizlar». Kaniza va YPX xodimi örtasidagi tortişuv videosi tarqaldi

«Oddiy xalqning qonini içasizlar». Kaniza va YPX xodimi örtasidagi tortişuv videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kaniza va YPX xodimi örtasidagi tortişuv videosi tarqaldi. Uşbu videolavha «Yoşlar» telekanalining «Avtopatrul» körsatuvida efirga uzatilgan.

Kaniza 2 sentyabr kuni Captiva avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan töxtatilgan hamda «tonirovka» ruxsatnomasi muddati ötib ketgani aniqlangan.

«Avtotransport vositasiga tegişli bölgan hujjatlarni tekşirgan paytimda ‘tonirovka’ ruxsatnomasi muddati 29 avgust kuni ötib ketgani maʼlum böldi. Haydovçiga avtomobil vaqtinçalik jarima maydonçasiga olib ketilişini aytsam, qarşilik qilyapti», — deydi YPX xodimi.

Şu paytda suhbatga Kaniza ham aralaşadi hamda savoli borligini aytadi.

«‘Tonirovka’ning muddati 29 avgustda ötib ketgan, bayram munosabati bilan 3 kun dam oliş kuni berildi. Hatto koronavirusga ham analiz topşira olmadik, 2, 3-kuni işlaymiz deyişdi. Bir kun ötib ketgani uçun qonimizni içyapsiz, qöpol muomala qilyapsiz», — deydi xonanda.

YPX xodimi suhbat bodikamerasiga yozilganini, qöpol muomala qilmaganini aytadi. «Beçora qolgan odamlar nima qilarkan-a? Oddiy xalqning qonini içasizlar», — deydi Kaniza.

Videolavha söngida Kanizaning Captiva’si jarima maydonçasiga qöyilgani aytilgan.

×