Joriy yilning 27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Pop tumanidagi tadbirkorni urgan va qölini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?” nomi ostida tarqatilgan videotasvirlar internet foydalanuvçilarining muhokamalariga sabab bölmoqda.
Namangan viloyati IIBning uşbu holat yuzasidan rasmiy maʼlumoti quyidagiça:
Pop tumani IIB 7-sonli IIB XPG profilaktika inspektori 2020 yilning 27 oktyabr kuni soat 14:00larda, öziga biriktirilgan Pop tumani Qöşminor MFYda joylaşgan, Pop tumanida yaşovçi 1972 yilda tuğilgan ayolga tuman xokimligi tomonidan tadbirkorlik qiliş uçun ajratilib berilgan yer maydoniga Qöşminor MFY raisi hamda tuman yer kadastir bölim mutaxassislari bilan birgalikda ayol arizasi yuzasidan örganiş davrida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş uçun borilgan vaqtda, Pop tumani Ğurumsaroy MFYda yaşovçi 1982 yilda tuğilgan fuqaro özboşimçalik bilan xeç kimdan söramay yerni egallab olib, texnikalarni yer içiga olib kirib işlatyotganligi aniqlangan. Fuqaroga bu harakatlari qonunga töğri kelmasligini, nizoli holatni oldini oliş maqsadida faollar tomonidan dalolatnoma tuzib vaqtinça quriliş texnikalarini töxtatib turişlik töğrisida tuşintirilgan vaqtida, fuqaro köpçilik oldida arizaçi ayolni uyatli sözlar bilan sökib, haqorat qilib kamsitganligi, şundan söng fuqaroni tinçlantiriş uçun XPB profilaktika inspektori tomonidan tartibga çaqirilgan vaqtida fuqaro IIB xodimiga ham faol qarşilik körsatib, uning qonuniy talablariga böysunmay davom etganligi uçun uni yaqin IIO tayanç punktiga olib boriş maqsadida çap qöl bilak soxasiga qöl kişani solinib olib ketilayotganda fuqaro "Meni şifoxonaga olib boringlar" degan, şundan söng Pop tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinib, tibbiy körikdan ötkazilgan va sodir etilgan huquqbuzarlik xolati yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Fuqaro Pop tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilib, Pop tuman IIB 7-son IIB XPG TP katta inspektori tomonidan unga nisbatan tan jaroxati yetkazganligini bayon qilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi Pop tumani bölimining 27.09.2020 yildagi dastlabki maʼlumotnomasida esa fuqaroning jaroxati-çap bilak yumşoq töqimalarining lat yeyişi va şlingan jaroxatlar aniqlanganligi körsatilgan.
Uşbu xolat böyiça tuman prokuraturasiga xabar berilib, xozirda prokuratura tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.









