Derzkiy «GAI» va haydovçi örtasidagi ayovsiz tortişuv videosiga izoh berildi

Derzkiy «GAI» va haydovçi örtasidagi ayovsiz tortişuv videosiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda YPX inspektori va fuqaro örtasida tortişuv aks etgan videolavha tarqaldi.

YHXB maʼlumotiga köra, holat joriy yilning 4 may kuni sodir bölgan.

YPX inspektori O.Ortiqov M-39 avtomobil yölining «Omonqöton» YPX maskanida hizmat olib borayotgan vaqt, «Lada Vesta» rusumli transport vositasi haydovçisi quvib ötiş qoidalarini buzganligi uçun töxtatilib, haydovçidan hujjatlarini taqdim qilişi söralganida, haydovçi YPX inspektoriga hujjatlarni taqdim qilmagan.

Xodim va haydovçi örtasidagi töliq muloqot inspektorning «Body camera»sida qayd etilgan.

YPX xodimi va haydovçi örtasidagi muloqot yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekşiruvi tayinlangan, deya yakunlanadi xabar.

×