Yana bir universitet 14 kunga emas, nomuayyan muddatga masofaviy öqiş şakliga ötdi

Yana bir universitet 14 kunga emas, nomuayyan muddatga masofaviy öqiş şakliga ötdi

Bugun, 19 apreldan Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti onlayn taʼlim şakliga ötdi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, universitetning professor-öqituvçilari, talabalari orasida koronavirusga çaliniş holatlari aniqlangani sababli Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelişilgan holda şunday qaror qabul qilingan.

Boş OTMlardan farqli ölaroq, ToşDÖTAU 14 kunga emas, nomuayyan muddatga masofaviy öqiş şakliga ötdi.

“Epidemiologik vaziyat barqarorlaşgaç, anʼanaviy öquv jarayoniga qaytiş borasida qöşimça xabar beriladi. Yangiliklardan öz vaqtida voqif böliş uçun universitetning rasmiy Telegram kanaliga barça döstlaringizni taklif etişingizni söraymiz”, deyiladi universitet xabarida.

Eslatib ötamiz, bugungaça Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti, Toşkentdagi Inha universiteti, Toşkent transport universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Özbekiston davlat konservatoriyasi talabalarida koronavirus aniqlandi. Şuningdek, Moliya instituti ehtiyot çorasi sifatida masofaviy taʼlim şakliga ötgandi.

Keyinroq, Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti, Özbekiston Islom akademiyasi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ham öqişning masofaviy şakliga ötkazilgandi.

×