Toşkentga arça va «gazon» kerak emas — Prezident nima ekiş lozimligini aytib ötdi

Toşkentga arça va «gazon» kerak emas — Prezident nima ekiş lozimligini aytib ötdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev atrof-muhitni muhofaza etişga qaratilgan videoselektor davomida Toşkent şahrida kökalamzorlaştiriş böyiça masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.

— Şaharning hamma joyida köp suv talab qiladigan arça va «gazon» köpayib ketdi. Nahotki, özimizning şaroitga mos köçat navlari bilan taʼminlaş haqida heç kim boş qotirmaydi?

Misol uçun, gazon örniga yil 12 oy köm-kök turadigan manzarali butalar, kaştan, qayin, zarang (klyon), lola daraxti ekiş mumkin-ku? — dedi Prezident.

Davlat rahbari yiğiliş davomida Ortiqxöjayev, Bakirov va I.Abdurahmonovga ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda, poytaxtning qaysi köçasida qanday daraxt va ekinlarni joylaştiriş böyiça taqdimot qiliş topşiriğini berdi.

Bundan taşqari, yil yakuniga qadar Bözsuv suv inşootining böş turgan 40 gektar maydonida «yaşil hudud» taşkil etilişi belgilab berildi. Şu bilan birga ikki oy muddatda poytaxtga yangi qöşilayotgan hududlarning 1,5 ming gektarida daraxtzor taşkil etiş işlari boşlanadi.

×