Buni bilarmidingiz? Jinlar ilon şakliga kiriş imkoniga ega

Buni bilarmidingiz? Jinlar ilon şakliga kiriş imkoniga ega

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga jinlar hayʼati kelganda: «Ey Allohning Rasuli, ummatingizni suyak, tezak va kömir bilan istinjo qilişdan qaytaring. Alloh bizning rizqimizni öşalarda qilgan», deyişdi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni öşa narsalardan qaytardilar». 

Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.

Jinlar turli şakllarga, masalan, ilon şakliga kiriş imkoniga egadir.

Bu haqiqat hadisi şariflarda sobit bölgan.

Bir rivoyatda:

«Madinada jinlardan bir guruhi Islomga kelgan edi. Kim uşbu uylarda yaşovçi(ilon)larni körsa, uç marta izn bersin. Agar undan keyin ham körinsa, öldirsin! Çunki u şaytondir», deyilgan.

Boşqa bir rivoyatda:

«Albatta, bu uylarning obod qiluvçilari bordir. Ulardan birortasini körsangiz, uni uç marta ogohlantiring. Ketsa, ketdi, bölmasa, öldiring, çunki u kofirdir», deyilgan.

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilişgan.

Qadimda kişilar yaşaydigan uylar tabiiy holatga juda yaqin bölgan. Oddiy va sodda bölişi bilan birga, atroflari berkitilmagan. Şu maʼnoda turli jonivorlarning kirib-çiqişi, baʼzilarining devorlar orasida, şiftda yoki boşqa joylarda yaşab qolişi ham oddiy va tabiiy bir holat bölgan. Yaqin-yaqinlargaça bu holat odatiy edi. Hozir ham baʼzi çet joylarda şunday holat bölişi mumkin. Uşbu hadisda ana öşa holdagi ilonlarga böladigan munosabat haqida söz ketmoqda.

Nima uçun Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylarda böladigan ilonlarni avval uç marta ogohlantirişga amr qildilar? Bu savolga rivoyatning oxirida kelgan Payğambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi sözlari javob böladi:

«Madinada jinlardan bir guruhi Islomga kelgan edi. Kim uşbu uylarda yaşovçi(ilon)larni körsa, uç marta izn bersin. Agar undan keyin ham körinsa, öldirsin! Çunki u albatta, şaytondir».

Demak, Madinada Islomga kelgan jinlar ilon şaklida baʼzi bir uylarda paydo bölişi mumkin ekan. Ilonni uyda körgan odam uni darhol öldirsa, öşa musulmon jinlardan birini öldirib qöyiş ehtimoli bor ekan. Agar inson ilonni uyda körganidan keyin ogohlantirsa, öşa ilon musulmon jin bölsa, u yerdan ketar, qaytib körinmas ekan. Ammo uç marta ogohlantirganidan keyin ham kelaversa, musulmon jin emas, haqiqiy ilon bölar va uni öldiriş joiz ekan.

Uyda böladigan ilonlardan ikki xilini: dumi kesik va ortida ikki qora çiziği borini ogohlantirmay öldiraverişga ijozat berilgan. Buning nima hikmati bor? Aftidan, musulmon jinlar öşa vasfga ega ilon şakliga kirmasalar kerak. Qolaversa, mazkur ilonlarning bu ikki turi közni kör qiladi, homilani tuşiradi. Ular öta zaharli, tezkor va odamga hamla qiladigan bölib, insonning köziga qarab sapçir, ehtiyot bölmagan odamning közi zarar körişi mumkin ekan. Şuningdek, u ilonlarning dahşatidan qörqqan homilador ayollarning homilasi tuşiş ehtimoli ham kuçli ekan.

Manba: islom.uz

×