Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida 1-kurs talabalari uçun darslar boşlanadimi, degan savolga aniqlik kiritildi.
Vazirlikning boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqovning maʼlum qilişiça, talabalarning hujjatlari töliq rasmiylaştirib bölingaç, 12 oktyabrdan boşlab 1-kurstalabalari uçun öz hududlarida tanişuv darslari taşkil etiladi. Ayni jarayon haftasiga 3 kundan 2 hafta davom etadi. Bunda talabalarning 50 foizdan ortiği auditoriyaga kiritilmaydi va 2 paradan ortiq bölmagan darslar taşkil etiladi. Har parada 10 daqiqadan tanaffus beriladi.
Misol uçun, Toşkent davlat texnika universitetiga Samarqand viloyatidan öqişga kirgan talabalar uçun Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridan birida darslar taşkil etiladi. Unda poytaxtdan professor-öqituvçilar borib, tanişuv darslarini ötadi.
Bunda talabalarga oliy taʼlim muassasasi haqida maʼlumot berilib, dars jadvali, kimlar dars berişi, tölov-şartnoma, masofaviy taʼlimning olib borilişi kabi masalalarga oydinlik kiritiladi.
1-kurs talabalari ham masofaviy öqiydi.
Baʼzi oliy taʼlim muassasalarining platformasi işlamayapti. Talabalar dars tayyorlaşda turli qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Talabalar nima qilişi kerak?
Matbuot anjumanida A.Xoliqov bu haqda ham maʼlumot berdi.
Oliy taʼlim muassasalari platformasi taşkil etilgan. Lekin bugungi kunda olis hududlar, internet tezligi yaxşi bölmagan hududlar bor. Ayni joylarning tuman markazlarida kompyuter sinflari taşkil etiş işlari olib borilmoqda. Bu yerda talabalar barça imkoniyatlardan töliq foydalanişi mumkin.
Bundan taşqari, bitiruvçi kurslarning amaliyot ötaşi qanday böladi?
Mutaxassisning fikriça, bitiruvçi kurslar, magistratura yuqori kurs talabalarining bir joyga borib amaliyot ötaşi bugungi kunda bahsli masala. Agar pedagogika yönalişida öqiyotgan talaba maktablarga borib amaliyot ötaşi kerak bölsa, maktabda öquvçilar salomatligini xavf ostiga qöyişi mumkin. Ayni jarayonda amaliyot ötaş kerak bölgan kasb yönalişlari yuzasidan vazirlik tomonidan takliflar işlab çiqilmoqda.
Anʼanaviy öqiş boşlanadimi? Maʼlumotga köra, uzoq hududlardan OTMga kelib öqiydigan talabalar yotoqxonada turişga ehtiyoji bor. Bu esa epidemiologik holat yuzasidan mumkin emas. Şu bois ham ayni vaqtda masofaviy öqitiş işlari davom ettiriladi.
Matbuot anjumanida şuningdek, öqişni köçiriş böyiça ham maʼlumot berildi.
Qayd etilişiça, öqişni köçirişda 5 ming talabgor sinovlardan öta olgan.
Mutaxassislarning maʼlum qilişiça, 2020/2021 öquv yilida xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga öqişini köçiriş böyiça 12 ming nafardan ortiq talaba ariza bilan murojaat qilgan.
Onlayn test sinovlari 5-6 sentyabr kunlari respublikaning 13 ta hududidagi 19 ta oliy taʼlim muassasasida taşkil etildi. Imtihonlarda 10 ming nafardan ortiqroq talaba iştirok etdi. Şundan 5 mingdan ortiq talaba onlayn test sinovlarida töplagan baliga köra öqişini Özbekistonga köçirişga ruxsat etildi.
Ötkazilgan onlayn test sinovlari yakuniga muvofiq, 2020/2021 öquv yili uçun Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga ötiş bali 56,7 etib belgilandi. Tasarrufida oliy taʼlim muassasasi mavjud bölgan vazirlik va idoralar tomonidan yangi öquv yili uçun ötiş ballari belgilandi. Şu vaqtgaça 5 mingdan ortiq talabgorning öqişni köçirişi ijobiy hal etildi.
Hozirgi kundagi pandemiya holatlari, karantin çeklovlari sababli belgilangan muddatlarda maxsus sinovlarda iştirok etiş uçun xorijiy davlatlardan yetib kelolmagan talabalar uçun 2020 yil oktyabr oyining birinçi ön kunligida onlayn test sinovlari ötkaziladi. Test sinovlarida belgilangan muddatlarda öqişini köçiriş böyiça röyxatdan ötgan, biroq joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari ötkaziladigan sinovlarda iştirok eta olmagan fuqarolargina iştirok etadi.









