Samarqandda yana bir universitet taşkil etiladi

Samarqandda yana bir universitet taşkil etiladi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat tibbiyot institutida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Qaror loyihasi bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini (keyingi örinlarda – Universitet) taşkil etiş belgilangan.

Qaror loyihasi bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining:

  • Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini (keyingi örinlarda – Universitet) taşkil etiş;
  • Samarqand viloyati Samarqand tumani Örtaşiq qişloğida joylaşgan Samarqand viloyati salomatlikni tiklaş şifoxonasi negizida Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutini taşkil etiş;
  • Samarqand davlat tibbiyot institutining birinçi va ikkinçi klinikalari negizida tegişinça Samarqand davlat tibbiyot universitetining köp tarmoqli klinikasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslaşgan bolalar kaminvaziv xirurgik klinikasini (keyingi örinlarda – Universitet klinikalari) taşkil etiş;
  • Samarqand davlat tibbiyot instituti litseyini Universitet litseyi deb qayta nomlaş;
  • L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar Respublika ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali negizida Universitet huzuridagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot institutini taşkil etiş;
  • Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali yangi binoga köçirilişi munosabati bilan, filialning böşaydigan Samarqand şahar Maxdumi Azam köçasi, 18-uy manzilda joylaşgan eski binosini Universit tasarrufiga ötkazib beriş hamda uşbu binoda:
  • Universitet huzurida Neyroxirurgiya ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy markazini taşkil etiş;
  • Universitet huzurida Immunologiya va inson genomikasi ilmiy markazini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Uşbu Qaror loyihasiga köra Universitetda öz-özini moliyalaştiriş  tizimi joriy etiladi, tölov-kontrakt asosida qabul kvotalarini mustaqil belgilaş huquqi beriladi.

Qarorda belgilab ötilgan akademik mustaqillik doirasida Universitetda soğliqni saqlaş iqtisodiyoti, soğliqni saqlaş menejmenti, soğliqni saqlaş yurispredentsiyasi, bioinjineriya va tibbiy texnologiyalar, klinik psixologiya kabi sohalarda yangi bakalavriat taʼlim yönalişlarini oçiş hamda yetakçi xorijiy hamkor universitetlar mutaxassislarini jalb etgan holda öquv reja va dasturlarini mustaqil işlab çiqiş amalga oşiriladi.

Şuningdek qarorda, tegişli vazirliklar va Samarqand viloyati hokimligiga Universitet va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilayotgan muassasalar va inşootlarni kapital taʼmirlaş va jihozlaş işlarini amalga oşiriş, zamonaviy öquv va laboratoriya uskunalari va boşqa anjomlar bilan taʼminlaş vazifalari yuklatilmoqda.

×