Namangan viloyatida 2021 yilning birinçi çoragida hokimlar qarorlarini haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq 72 ta iş körib çiqildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat maʼmuriy sudi raisi Salohiddin Tursunov maʼlum qildi.
Tursunovning aytişiça, 2020 yil birinçi çoragida bu körsatkiç 60 tani taşkil etgandi.
Maʼmuriy sudlar uç oy davomida hokimlarning jami 32 ta qarorini haqiqiy emas deb topgan. Jumladan, Namangan şahar hokimining 12 ta, Pop tumani hokimining 7 ta qarori yuzasidan şunday xulosaga kelingan.
«Şuningdek, birinçi çorak davomida hokimiyat mansabdor şaxslari harakati yoki harakatsizligini qonunga xilof deb topiş bilan boğliq 9 ta iş körib çiqildi. Ularning 6 tasi qanoatlantirildi», — deydi Salohiddin Tursunov.
Namanganda maʼmuriy sudlar tomonidan joriy yil uç oyi mobaynida mazkur toifadagi işlar böyiça qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan mansabdor şaxslarga nisbatan 25 ta xususiy ajrim çiqarilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki baravar köp.









