Namanganda fuqarolarga subsidiya ajratişda 300 dan ortiq qonun buzilgani maʼlum böldi

Namanganda fuqarolarga subsidiya ajratişda 300 dan ortiq qonun buzilgani maʼlum böldi

Namanganda fuqarolarga subsidiya ajratiş böyiça 305 ta qonun buzuliş holatlari aniqlandi. Bu böyiça masʼul taşkilot xodimlariga qonuniy tartibda jazo çorasi qöllanilgan.

Maʼlumki, joriy yilning 1 martidan boşlab daromadi yuqori bölmagan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarga subsidiyalar beriş böyiça arizalar davlat xizmatlari markazlarida yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşirildi. Qilingan murojatlarning aksariyati belgilangan mezonlarga mos kelmaganligi bois, rad qilingan. Ayrim murojaatlar esa, vakolatli organlar tomonidan körib çiqişda sustkaşlikka yöl qöyilişi oqibatida muddat buzuliş holatlari yuzaga kelgan.

Tartib böyiça fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar elektron tarzda qabul qilingandan söng, tegişli vakolatli organlarga yuboriladi. Masʼul organlar — içki işlar bölimi, moliya, davlat soliq inspektsiyasi, tuman, şahar hokimliklari, iştirok etuvçi tijorat banklari hamda yana bir qator taşkilotlar tomonidan ariza beruvçining taqdim etgan hujjatlari asosida talabgorning subsidiya ajratiladigan fuqarolar toifasiga kiriş yoki kirmasligi aniqlanadi.

Mazkur vakolatli organlar tomonidan qilingan murojaatlar belgilangan muddatlarda körib çiqilmasa tegişli tartibda jazo çorasi qöllaniladi. Subsidiya beriş yuzasidan ariza qabul qilingan kundan 1 oktyabrga qadar Namangan viloyat fuqarolari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari şuningdek,  yagona interaktiv davlat xizmatlai portali orqali jami 3192 ta ariza kelib tuşgan. Murojaatlarning 1524 tasi mezon talablariga töğri kelmagani bois rad etilgan. Uşbu murojaatlarga asosan 824 nafar fuqarolarga subsidiya ajratiş töğrisida xabarnoma şakllantirilgan.

Uy-joyga muhtoj bölib, ipoteka krediti asosida bölsa ham özining boşpanasiga ega böliş ilinjida davlat xizmatlari markazlariga kelib, hujjatlarini taqdim etgan fuqarolarning arizalarini öz vaqtida körib çiqmay, sansalarlik, öz işiga maʼsuliyatsizlik bilan yondaşayotgan vakolatli organ xodimlar ham bor va ulaga qonunçilikda belgilangan tartib-tamoyillar asosida jazo çorasi qölanildi. Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan subsidiya ajratiş yuzasidan arizalarni körib çiqiş jarayonida masʼul taşkilotlar tomonidan 305 ta qonunbuzilişlarga yöl qöygangan. Ularga nisbatan 9 ta taqdimnoma, 108 ta ogohnomalar kiritilib, 46 nafar masʼul şaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo çoralari qöllanildi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholiga tez va sifatli davlat xizmatlarini körsatiş boş maqsad qilib olingan. Ayrim vakolatli organ xodimlari tomonidan fuqarolarning qilgan murojaatlarini öz vaqtida körib çiqmaslik holatlariga barham beriş lozim. Şundagina aholini davlat idorasiga bölgan işonçi yanada ortişiga xizmat qiladi.

×