Namanganda 500 dan ortiq reklama bannerlari olib taşlangani sabablariga aniqlik kiritildi

Namanganda 500 dan ortiq reklama bannerlari olib taşlangani sabablariga aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda özbek tilida, lotin yozuvida bölmagan reklama bannerlari olib taşlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: «Daryo»

«Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyevning aniqlik kiritişiça, 2020 yil 12—15- yanvar kunlari Namangan şahri, Uçqörğon, Uyçi, Çust, Pop va Yangiqörğon tumanlarida «Reklama töğrisida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida işçi guruh tomonidan örganişlar olib borilgan.

Işçi guruh tarkibiga til böyiça maslahatçilar, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining hududiy boşqarmasi mutaxassislari va mahalliy hokimliklar vakillari kiritilgan.

— Örganişlar davomida «Reklama töğrisida»gi qonun talablari va davlat tili meʼyorlariga javob bermaydigan 586 ta reklama bannerlari olib taşlandi. Ularning aksariyati yöllarga, trotuarlarga örnatilgan, panjaralar, hatto daraxtlarga mixlangan. Bu nafaqat reklama qonunçiligi, balki ekologiya talablarining ham buzilişi hisoblanadi. Ularning til meʼyorlariga töğri kelmasligi, orfografik xatolarga töla ekanligi haqida gapirmasa ham böladi. Şunday ekan, özbek tilida, lotin yozuvida bölmagan reklama bannerlari olib taşlangani haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi, — deydi viloyat hokimining davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini taʼminlaş masalalari böyiça maslahatçisi Uluğbek Şermatov.

Foto: «Daryo»

Şermatovning aytişiça, örganişlar davomida yana 274 ta holatda reklamalarning davlat tilida, lotin alifbosida töğri yozilişi böyiça tuşunçalar ham berilib, ogohlantiriş xatlari taqdim etilgan.

×