LGBT huquqlarini himoya qilgan bloger Miraziz Bozorov öz uyi oldida döpposlab ketildi

LGBT huquqlarini himoya qilgan bloger Miraziz Bozorov öz uyi oldida döpposlab ketildi

LGBT huquqlarini himoya qilgani bilan tanilgan bloger Miraziz Bozorovni 28 mart, yakşanba kuni soat taxminan 22:45 Mirobod tumani Afrosiyob köçasi 21-uy oldida uç nafar nomaʼlum şaxs urib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan nomaʼlum tarafga yaşiringan, deya xabar bermoqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati.

Miraziz Bozorov olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotga köra, Bozorovda boş miya oçiq va yopiq jarohatlari, öng qoş sohasi yirtilgan jarohati, kökrak qafasi va qorin sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi, öng oyoq boldir suyagi oçiq sinişi jarohatlari qayd etilgan.

Toşkent şahar IIBBdan maʼlum qilişlariça, mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «i» bandi (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

«Hozirda Miraziz Bozorovga nisbatan tan jarohatlari yetkazgan nomaʼlum şaxslarni aniqlaş maqsadida tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi Toşkent şahar IIBB axborotida.

Maʼlumot uçun, bloger Miraziz Bozorov 11 mart kuni TikTok’dagi sahifasida LGBT huquqlarini himoya qiluvçilarni har juma kuni Toşkentdagi Xast Imom maydonida yiğilişga çorlagan edi. «Hamma — LGBT safida bölganlar kelmasin, u yerda sizni urişlari, öldirib qöyişlari mumkin — LGBTning bazaviy huquqlarini qöllab-quvvatlovçi hamma ertaga va har juma Xastimomga kelişlari kerak», — degandi Miraziz Bozorov. Uning bu çorlovidan söng Xastimomda LGBT huquqlari faollarining biror uçraşuvi yo yiğilişi ötkazilganmi yoki yöq — nomaʼlum.

Eslatib ötamiz, 28 mart, yakşanba kuni soat 15:00—15:15 oraliğida Toşkentdagi Amir Temur xiyoboni oldida Özbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylaştirilişiga qarşi bölgan faollar norozilik bildirib yiğilgani haqida xabar berilgan edi. Toşkent şahar IIBB maʼlumotlariga köra, yiğilganlar orasida boşqa ikki kişini LGBT faollari deb gumonlab, ularni urmoqçi bölgan şaxslar ham bölgan. Ularga yana 20—25 kişi qöşilib, «bezorilik harakatlari»ni sodir etgan. Oxir-oqibat huquq-tartibot organlari tomonidan 12 kişi uşlangan, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×