Andijonda bloger kaltaklab ketildi

Andijonda bloger kaltaklab ketildi

Andijonning Asakasida bloger Otabek (Abdupatto) Nuritdinov kaltaklab ketildi. Bu haqda blogerning özi «Feysbuk» ijtimoiy tarmoği orqali maʼlum qilmoqda. 

Aytilişiça, u bugun Asakadagi «Xolid Ibn Volid» masjidining şundoq biqinida «Spirtli içimliklar dökoni» faoliyat yuritayotgani haqida tarmoqdagi sahifasiga post qöyar ekan, tuman hokimligi matbuot xizmatidan munosabat kutajagini ham qistirib ötadi.

Foto: blogerning sahifasidan skrinşot

Oradan bir neça soat ötib, blogerning uyiga bir nafar ayol va ikki nafar yigit keladi. Özlarini aroq dökoni egalari ekanini aytgan mehmonlar uning telefon raqami va manzilini Asaka şahar IIB xodimlaridan olganini aytişadi. Ikki örtada «suhbat qör yeb» ulgurmay, kutilmagan mehmonlar O.Nuritdinovni qasddan urib, tan jarohati yetkazişadi.

Ayni voqelik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, asakalik faol bloger Otabek Nuritdinov ötgan yilning 30 yanvar kuni tuhmat, haqorat va mayda bezorilikka oid huquqbuzarliklarni sodir etişda aybdor deb topilib, 15 sutka maʼmariy qamoq jazosiga tortilgandi. Uning maʼmuriy qamoq jazosiga tortilişi ança sirli va şubhalarga boy ekaniga qaramay, sud qarori yuqori bosqiçda öz kuçida qoldirilgandi.

Yana bir eʼtiborli holatki, yaqinda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi M. Botirovning ijtimoiy tarmoqdagi yozişmalari (skrinşoti) tarqalişi keng jamoatçilikda O. Nuritdinovning qamalişi viloyat hokimining buyruği bilan amalga oşirilgani haqida tasavvurlar paydo qildi. Biroq hozirça inkor etib bölmas fakt yöq. Viloyat hokimi matbuot kotibining tarmoqda tarqalgan yozişmalari böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotganidan xabaringiz bor.

Manba: Xabar.uz

×