Toşkent şahrida LGBT faoliyatining tarğibi bilan şuğullangan Miraziz Bozorovga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 1 aprel kunidan 20 aprelga qadar Toşkent şahar IIBBga fuqarolardan 28 ta ariza kelib tuşgan bölib, unda Miraziz Bozorov internetda joylagan videolarida uşbu fuqarolarni va ularning qarindoşlarini haqorat qilgani, ularni terroristik taşkilotlar bilan hamkorlikda ayblab tuxmat qilgani, milliy anʼanalarni oyoq osti qilib, ayollarning şaʼniga putur yetkazayotgani hamda millatlararo nizo uyğotayotgani sababli unga nisbatan qonuniy çora körişni talab qilgan.
Şuningdek, Mirobod tumani 110-son umumtaʼlim örta maktabi öqituvçilaridan jamoaviy ariza kelib tuşgan bölib, unda Internet tarmoğidagi mediamakonlarda mazkur maktab öqituvçilarining kasbiy va şaxsiy sifatlari haqida haqoratli maʼlumotlar tarqatgani va şu bilan ularning obrösini toptagani uçun Miraziz Bozorovga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur arizalar böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, tegişli kompleksli ekspertiza tayinlangan.
Özbekistonda besoqolbozlik rasman qonun bilan taqiqlangan. Uşbu jinoyatni sodir etganlar Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozlik) bilan jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilab qöyilgan. Avvalroq Özbekistonda besoqolbozligi uçun qamalganlar qançaligi oçiqlangan edi.
Avvalroq, Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari taşkiloti rasmiy Toşkentga mamlakat Jinoyat kodeksidan 120-modda – besoqolbozlikni çiqarib taşlaş va jinoiy javobgarlikni bekor qilişni sörab murojaat bilan çiqqandi.
Şundan söng, bu masala kun tartibiga çiqdi va ayni vaqtda keng jamoatçilik tomonidan qizğin muhokama qilinyapti. Besoqolbozlik böyiça Human Rights Watch söroviga deputat Rasul Kuşerboyev va Islom tsivilizatsiyasi markazi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boş mutaxassisi Abror Muxtor Aliy, taniqli olim Mubaşşir Ahmad ham munosabat bildirdi. Ular besoqolbozlikka oid moddaning jinoyat kodeksidan çiqarib yuborilişi ham siyosiy, ham diniy yöqotişlarga sabab bölişini urğulagandi.
Joriy yilning 28 mart kuni Toşkentdagi Amir Temur xiyobonida mamlakatda besoqolbozlikni qöllab-quvvatlayotgan şaxslar va ularning ğoyalariga qarşi namoyiş ötkazildi.
Keyinçalik Toşkent şahar IIBB “Skver”dagi namoyişda 12 kişi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Şuningdek, Özbekistonda LGBT huquqlarini himoya qilayotgan Miraziz Bozorov ölasi qilib döpposlandi.
Şundan söng AQŞ elçisi Bozorovning döpposlanişini suriştirişni söradi. Uning ortidan Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Tim Torlot Toşkentda besoqolbozlik – LGBT ğoyalarini himoya qilib kelayotgan bloger Miraziz Bozorovning kaltaklanganiga munosabat bildirdi.
Xorijlik diplomatlarning munosabatidan keyin Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov xalqaro taşkilotlarga murojaat yöllab, har qanday davlatga biror talab qöyişdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olişi kerakligini taʼkidladi.









