Yigitlardan biri vafot etgan. Qolganlari şifoxonaga yotqizilgan.
Andijonda 11-sinf öquvçisi ijaraga olingan Spark maşinasida 4 nafar sinfdoşi bilan YTHga uçradi. Bu haqda Andijon viloyati IIB UzNews.uz’ga xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, hodisa 27 dekabr kuni sodir bölgan. Rulda bölgan öquvçi maşina boşqaruvini yöqotgan va çetda töxtab turgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Buning oqibatida maktab öquvçilaridan biri vafot etgan, qolganlari şifoxonaga yotqizilgan.
Aniqlanişiça, haydovçi yigitning maşina boşqarişga heç qanday hujjati bölmagan. Şu kuni öquvçilarning 3 nafari maktabga bormagan, 2 nafari esa darsdan qoçib çiqqan.
“Iltimos qilaman. Hujjatsiz maşina boşqarmang. Bularning ota-onalari qay ahvolda. Qizim bir ahvolda yotibdi. Rossiyadan kelolmayapti”, - deydi jarohatlangan bolalardan birining buvisi.









