Röyxatga olinmagan qurol va öq-dorilarini Milliy gvardiya organlariga öz ixtiyori bilan topşirgan fuqarolarga pul mukofoti beriladi

Röyxatga olinmagan qurol va öq-dorilarini Milliy gvardiya organlariga öz ixtiyori bilan topşirgan fuqarolarga pul mukofoti beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Röyxatga olinmagan qurol va uning öq-dorilarini Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga öz ixtiyori bilan topşiriş hamda ularni topşirganlik uçun taqdirlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Mazkur nizomning 5-ilovasiga köra, röyxatga olinmagan qurol va öq-dorilarini Milliy gvardiya organlariga öz ixtiyori bilan topşirgan fuqarolar eng kam iş haqining beş baravarigaça pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq öqotar qurolni va öq-dorilarni öz ixtiyori bilan topşirgan fuqaro qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.

Fuqaro qurol va öq-dorilarni öz ixtiyori bilan topşiriş töğrisida qarorga kelsa va uning özi uşbu aşyolarni topşiriş haqida Milliy gvardiya organlariga yozma yoki oğzaki ravişda murojaat qilsa, u aşyolarni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanadi.

Fuqaro tintuv jarayonida yoki unda qurol va öq-dorilar borligi haqida dalillar keltirilişi natijasida ularni topşiriş töğrisidagi qarorga kelsa, u uşbu aşyolarni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanmaydi.

×