Endi daraxtlarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötkaziş böyiça huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarga ham pul mukofoti beriladi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan ötkazilgan 2022 yilning dastlabki matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, Prezidentning tegişli Farmon va Qarori bilan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriyning amal qilişi muddatsiz davrga uzaytirildi. Moratoriy talablarini buzganlik uçun maʼmuriy jarimalar miqdori beş baravarga, ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar summalari ikki baravarga oşirilgan holda qöllaniladi.
Şuningdek, davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesiş, şikastlantiriş yoki yöq qilişga oid hukumat farmoyişlari, bayonnomalar, yozma topşiriqlar, idoraviy hujjatlar, körsatma va qarorlar qabul qiliş taqiqlanadi.
Şu bilan birga, moratoriy talablarini buzgan quriliş-pudrat taşkilotlarining “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir poğona pasaytiriladi. Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlarni loyihalaştirişda ularga tutaş hududlarning kökalamzorlaştiriş (daraxtlar, butalar, boşqa ösimliklar va nihollarni ekiş) maydonlari loyiha uçun ajratiladigan yer uçastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bölişiga yöl qöyilmaydi.









