Özbekistonda karantin çoralari kuçaytirilişi mumkin

Özbekistonda karantin çoralari kuçaytirilişi mumkin

Özbekistonda qatʼiy karantin çoralari kuçaytirilişi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov maʼlum qilgan.

“Hozirgi paytda mamlakatda epidemiologik vaziyat stabil xolatda, ammo agar vaziyat yomonlaşsa va kasallaniş soni köpaysa, tegişli çoralar köriladi”, deydi Botir Qurbonov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği Anvar Alimov karantin çoralari kuçaytirilişi bilan boğliq savolga javob bergan edi.

“Yanvar oyidan buyon koronavirusga olingan test natijalarini tahlil qilsak, 0,1 foiz holatda kasallik aniqlanyapti. Ularning aksariyati simptomsiz körinişda bölgani uçun uy şaroitida davolanyapti.

Kuni keça ötkazilgan xalq deputatlari şahar kengaşi yiğilişida qabul qilingan qarorda birorta yangi, kuçaytiriş böyiça band yöq. Bugun faqatgina mavjud talablar ustidan nazoratni kuçaytiriş masalasi körilyapti. Talab etilayotgan eng asosiy uç narsa — niqob taqiş, qöl yuviş, ijtimoiy masofani saqlaş”, degan Alimov.

Maʼlumot uçun, 17 mart kuni Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda mamlakatda Navröz umumxalq bayrami tadbirlarini taşkillaştiriş masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda sönggi kunlarda aholi örtasida koronavirus infektsiyasi bilan kasallaniş holatlari biroz ortganligi taʼkidlab ötildi. Şu bois mutassaddi vazirlik va idoralarga:

– bayram tadbirlarini ob-havo şaroitini inobatga olgan holda oçiq joylarda, yaʼni boğlar, xiyobonlar va öyingohlarda ötkaziş;

– bayram tadbirlarida aholini köp töplamaslik va taşrif buyuruvçilar niqobda bölişlari hamda ijtimoiy masofani saqlaşlari ustidan nazoratni örnatiş;

– aholi gavjumligining oldini oliş maqsadida tadbirlarni kiçik hajmda mahallalarda taşkil etiş çoralarni köriş kabi körsatmalar berildi.

Şu bilan birga, bayram tadbirlarida jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlik çoralari köriş maqsadida huquq tartibot organlariga tegişli topşiriqlar berildi.

Joylarda ötadigan bayram tadbirlarini yuqori badiiy saviyada ötkaziş, buning uçun estrada xonandalari va teatr aktyorlarini jalb etiş kabi vazifalar belgilandi.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan aholi örtasida koronavirus bilan kasallaniş holatlarini barvaqt aniqlaş böyiça PZR laboratoriyalarning töliq quvvatlarda faoliyatini taşkil etiş, şuningdek, koronavirus infektsiyasiga qarşi xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini ixtiyoriy emlaş tadbirlarini taşkil etiş borasida tegişli topşiriqlar berildi.

Ayrim xorijiy va qöşni mamlakatlarda bugungi kunda kuzatilib turgan koronavirus infektsiyasi bilan boğliq keskin epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, Özbekistonda şu kabi holatlarning qaytarilmasligi uçun keng tarğibot işlarini olib boriş tavsiya etilgandi.


×