Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda koronavirus pandemiyasi bilan boğliq karantin çora-tadbirlari joriy yilning 25 dekabridan eʼtiboran kuçaytirilişi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ularda asosan maktab va boğçalar, yirik savdo majmualari, kinoteatr, gözallik salonlari öz faoliyatini töxtatişi yozilmoqda. Xöş, bu qançalik rost? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan miş-mişlarga Özbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov munosabat bildirdi.
"Xalqimizda “niyatga yaraşa beradi” degan gap bor, bilmadim, baʼzi şaxslar bu kabi miş-mişlarni yaxşi niyatda tarqatişayaptimi yoki doim şunday “sovuq” niyat qilişga örganib qolişganmi? Deylik, karantin tadbirlari qaytadan kuçaytirilsa, aniqroq aytganda, uydan çiqiş, işga boriş, harakatlaniş, qöyingki, şu kabi barça erkinliklar çegaralansa, bundan kimga va qanday naf?! Dunyo hamjamiyatida vaziyat öta oğir bölib turgan bir paytda va yurtimizda karantin tadbirlarining birmunça yumşatilişi mavjud epidemik vaziyatga salbiy taʼsir qilişi mumkinligini töliq anglagan holda Respublika maxsus komissiyasining çeklov tadbirlarini birmunça yumşatişga qaror qilgani bu pandemiyani jilovlaş tadbirlariga jalb etilgan sohalarga katta işonç namunasi, desak xato bölmaydi.
Albatta, bu kabi qarorlar qabul qilinişidan oldin barça şart-şaroitlar örganib çiqiladi, yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar va ularning yeçimi böyiça imkoniyatlar tarozining ikki pallasiga qöyiladi, har tomonlama xisob-kitoblar qilinadi, eng asosiysi, xalqning kayfiyati, şaroiti, imkoniyatlari va muammolari har tomonlama örganiladi".
Maʼlumki, noyabr oyidan boşlab Özbekistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat barqarorlaşdi. Poytaxt Toşkentda va viloyatlar markazlarida taşkil etilgan koronavirus bemorlarini aniqlaş va taqsimlaş markazlari faoliyati töxtatildi. Boş vazir örinbosari Musayevdan tortib, Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi aʼzolarigaça mamlakatda vaziyat barqarorligini bot-bot takrorlamoqda. Nurmat Otabekov ham sözida davom etarkan, vaziyat barqarorligini yanada bir bor urğuladi.
"Taʼkidlanganlardan kelib çiqib, yuqoridagi kabi miş-mişlarni tarqatayotgan şaxslarga aytmoçimiz: xalqni besaranjom qilib, çalğitib, qörqitib yoki xavotirga solib baraka topmaysiz, Respublika maxsus komissiyasi aʼzolari esa karantin tadbirlarini kuçaytiriş haqida hozirça öylab körişmadi, Negaki, bugun bu kabi çeklovlar haqida öylaş uçun umuman asos yöq, yurtimizda koronavirus kasalligi böyiça barqaror epidemik vaziyat hukm surmoqda".
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan boğliq karantin çoralari joriy yilning 16 martidan eʼlon qilingan edi. Bu orada mamlakatda ikki marta kuçaytirilgan karantin tadbirlar hukm surdi. Sönggi bor kuçaytirilgan karantin çeklovlari 10 iyuldan 15 avgustgaça davom etdi. Sentyabr oyiga kelib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan birin-ketin örnatilgan çeklovlar olib taşlandi. Ayni vaqtda niqob taqiş, qöllarni yuviş va dezinfektsiya vositalaridan foydalaniş, ijtimoiy masofa saqlaş, köpçilik bölib töplanmaslik, 30 kişidan ortiq oilaviy tadbirlar ötkazmaslik asosiy karantin qoidasi bölib qolmoqda.
Şuningdek, joriy yilning 25 dekabridan boşlab xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar mamlakat xalqaro aeroportlarida antigen testini topşirişi majburiy etib belgilandi. 21 dekabrdan 2021 yilning 10 yanvarigaça Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatildi.









