Namanganda blogerga jinoyat işi qözğatildi

Namanganda blogerga jinoyat işi qözğatildi

Namanganda  sudga taʼsir ötkazişga uringan, özini bloger sifatida taniştirgan Ş. Yu.ga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Aniqlanişiça, Ş.Yu. jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudi iş yurituvidagi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) va boşqa moddalari bilan ayblanayotgan K. T.ga oid jinoyat işi böyiça yengilroq jazo tayinlanişiga erişiş maqsadida sudya qabuliga kirib, hali mazmunan körib çiqilmagan iş böyiça intervyu beriş talabini qöyadi.

Bunga javoban sudya  qaçon va qay tartibda intervyu berişiga oid qonun normalarini tuşuntirib, yozma murojaat etişini söraganda Ş.Yu. heç qanday izohsiz çiqib ketadi.

Şundan söng Ş. Yu. sudlanuvçining onasi bilan telefon orqali boğlanib, göyoki sudyani  “duxi”ga ötqazgani, öğlini jarima jazosi bilan sud zalidan olib çiqib ketişi mumkinligini, buning uçun birgalikda ikkita videorolik tayyorlaş kerakligini aytadi.

Videorolikning biri “sudyaga rahmat, adolatli ekan”, ikkinçisi “sud öğlimni qamab yuboryapti, aybsiz edi, özimni yoqib yuboraman” mazmunida bölişi kerakligi, agar sudya jarima jazo tayinlaşga rozi bölmasa, ikkinçi videorolikni internet tarmoğida tarqatib yuborişini bildiradi.  Buning evaziga sudlanuvçining onasidan 500 AQŞ dollari talab qiladi.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiriş natijasida Ş. Yu.ga nisbatan  tuhmat   (JK 139-modda) va firibgarlikka (JK 168-modda) qasd qiliş, şuningdek, sud işlariga aralaşiş, yaʼni adolatsiz hukm çiqarilişiga erişiş maqsadida sudyaga turli şaklda qonunga xilof ravişda taʼsir ötkaziş (JK 236-modda) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatildi.

×