Norindagi fermer xöjaligi dala şiyponidan 8 yaşar bolaning murdasi topildi

Norindagi fermer xöjaligi dala şiyponidan 8 yaşar bolaning murdasi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Norin tumanidagi fermer xöjaligi dala şiyponidan 8 yoşli bolaning murdasi topilganiga oid xabarlar tarqalgandi.

Boş prokuratura matbuot xizmati söroviga javoban ayni mazmundagi xabarlarni tasdiqladi. Yaʼnikim, şu yilning 15 noyabr kuni keçqurun 2012 yilda tuğilgan I. U.ning murdasi yaşaş xonadonidan  unça uzoqda bölmagan fermer xöjaligi ötinxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Şu kunning özida holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan  qasddan odam öldiriş alomatlari böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Şuningdek, tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni foş etiş çoralari körilmoqda, deya qöşimça qildi mahkama matbuot xizmati.

×