Nurafşon şahrida xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari sözining avvalida yiğilganlarni yaqinlaşib kelayotgan Navröz bayrami bilan tabrikladi. Toşkent viloyati mamlakatimiz taraqqiyotida yetakçi örin tutişini taʼkidladi.
— Toşkent viloyatida sanoat, qişloq xöjaligi, savdo, xizmat körsatiş böyiça ulkan salohiyat bor. Şuning uçun viloyatga juda katta marra qöyganmiz. Lekin, şunga yaraşa natija sezilmayapti, örta böğin rahbarlari «aravani tortolmayapti». Endi bizga faqat paxta, ğalla deb yuraveradigan hokimlar kerak emas. Paxta bilan ğallani manfaat qilişi kerak. Hokim esa hozirgi zamonga munosib, ustuvor yönalişlarni yaxşi biladigan va joy-joyiga qöyadigan, viloyatdagi 2 million 994 ming aholini rozi qiladigan bölişi zarur, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Davlatimiz rahbari Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Xidoyatov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Xalq deputatlari, viloyat faollari sözga çiqib, nomzod haqida fikrlarini bildirdi. Ovozga qöyiş natijalariga köra, Davron Xidoyatov Toşkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.









