Endi Özbekiston faqat olğa boradi – Mirziyoyev

Endi Özbekiston faqat olğa boradi – Mirziyoyev

25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. 

Şu munosabat bilan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Humo Arena” majmuasida tadbir ötkazdi. Unda partiya faollari va partiyaga xayrixoh insonlar qatnaşdi.

Monitorlarda Markaziy saylov komissiyasining saylovning dastlabki natijalariga bağişlangan matbuot anjumani onlayn tarzda namoyiş etildi. Dastlabki natijalarga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev saylovda qatnaşganlar umumiy sonining 80,1 foiz ovozi bilan ğalaba qozongani eʼlon qilindi. Tadbirga yiğilganlar bu xabarni xursandçilik va olqişlar bilan kutib oldi.

Bu ovozlar xalq öz hayotida sezgan natijalar va kelajakka işonç uçun berilgan, deyiş mumkin. Çunki oxirgi beş yilda Şavkat Mirziyoyev rahbarligida katta masştabdagi işlar qilindi. Yangilaniş kirib bormagan birorta soha qolmadi. 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq, hayot talab qilgan maʼmuriy, huquqiy va iqtisodiy islohotlar amalga oşirildi. 

Şu davrda mamlakat iqtisodiyoti 24 foizga, sanoat 34 foiz, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3 barobarga oşdi. Yalpi içki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Örtaça oylik iş haqi 2,2 marta köpaydi.

Hududlarni rivojlantiriş, sanoat va xizmatlar kölamini kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Yuzlab korxona va zavodlar, minglab yangi iş örinlari paydo böldi. Ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirildi.

Amaliy natijadorlik, inson manfaati islohotlarning boş maqsadiga aylandi. Ijtimoiy yönaltirilgan dasturlar amalga oşirildi. Ilm-fan, taʼlim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat va sanʼat, ommaviy axborot vositalari, sport sohalarini rivojlantirişga ham katta eʼtibor qaratildi.

Bu işlarni izçil davom ettiriş, mamlakat taraqqiyoti va xalq hayotini yangi bosqiçga kötariş uçun saylov arafasida Yangi Özbekiston strategiyasi işlab çiqildi. Saylovçilar bilan uçraşuvlarda uning maqsad-mohiyati tuşuntirildi va xalq bunga işondi.

Tadbirda Şavkat Mirziyoyev sözga çiqib, öziga bildirilgan yuksak işonç uçun xalqqa minnatdorlik bildirdi.

“Şunday uluğ xalqning işonçi men uçun katta baxt! Menga şunça işonç bildirib, qöllab-quvvatlagani uçun barça partiyadoşlarimga, yoşlarga, aziz farzandlarimga, munis onalarim va nuroniy otalarimizga taʼzim qilib, rahmat aytaman. Bu işonç menga kuç bağişlaydi. Şu bilan birga, içki dunyom bilan sezamanki, bu juda katta masʼuliyat va javobgarlik”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Hozirgi tahlikali zamonda murakkab sinovlar köp bölgani, xalq jipslaşib, fidoyiligi va mehnatsevarligi bilan ulkan natijalarga erişayotgani qayd etildi.

“Oxirgi beş yilda qanday-qanday sinovlarni boşimizdan ötkazdik. Biz bu sinovlarda toblandik. Bir birimizga mehrimiz oşdi. Jipslaşdik. Xalqimiz birlaşsa, nimalarga qodirligini butun dunyo yana bir marta kördi”, deydi Prezident.

Bu yilgi saylov ilk bor Saylov kodeksi asosida, demokratik ruhda, oçiq-oşkora ötgani taʼkidlandi.

“Köplab davlatlardan, katta xalqaro taşkilotlardan kuzatuvçilar keldi. Ular xohlagan saylov uçastkasiga borib, yaratilgan şaroitlarni, odamlarimiz ertangi kunga befarq emasligini, saylovda faol qatnaşganini, oilalari bilan kelib ovoz berganini kördi. Bu xalqimizning ruhiyati, kayfiyati, siyosiy madaniyatidan dalolat. Joylardagi uçraşuvlarda odamlar har bir soha böyiça, öz şahri yoki tumani böyiça dolzarb takliflarni bildirayapti. Tanqidlar ham bölayapti. Bu ham hayotimiz özgargani, demokratik islohotlar natijasi. Yana bir marta aytmoqçiman: orqaga yöl yöq. Endi Özbekiston faqat olğa boradi”, deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari barça xorijiy va mahalliy kuzatuvçilarga, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uçastka saylov komissiyalari aʼzolariga, ommaviy axborot vositalari vakillariga rahmat aytdi.

Prezident saylovida boşqa siyosiy partiyalardan ilgari surilgan nomzodlarga ham minnatdorlik bildirdi.

“Ularning ham niyati – Özbekistonni rivojlantiriş. Şuning uçun ularning dasturidagi xalqimizga maʼqul takliflarni albatta inobatga olamiz. Biz keça raqobat qilgan bölsak, endi bir muşt bölib, harakat qilişimiz kerak. Men xalqimizning yuksak işonçini oqlaş, orzu-umidlarini uşaltiriş, farovon hayotini taʼminlaş uçun bor kuç-ğayratim va salohiyatimni sarflaşga vaʼda beraman. Yangi Özbekistonni hammamiz birgalikda quramiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

×