Şavkat Mirziyoyev: Endi banklar “öz aravasini özi tortişi” kerak

Şavkat Mirziyoyev: Endi banklar “öz aravasini özi tortişi” kerak

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 oktyabr kuni bank tizimini isloh qiliş va banklarning investitsiyaviy faolligini oşiriş borasidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş va işlab çiqarişni moliyaviy qöllab-quvvatlaşda banklar muhim örin tutadi. Şu bois uşbu moliyaviy institutlarning barqarorligini va hayotdagi rolini oşirişga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oxirgi yillarda davlat byudjetidan tijorat banklariga dasturlarni moliyalaştiriş uçun 8,4 trillion söm, aylanma mablağlar uçun 400 million dollar, ustav kapitalini oşiriş uçun 1,7 milliard dollar mablağ ajratildi. Umuman olganda, sönggi ikki yil içida banklar kapitalizatsiyasini oşiriş uçun 3,3 milliard dollar davlat mablağlari berildi.

Yiğilişda bu mablağlardan samarali foydalanilmayotgani, istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş hamda yangi iş örinlari yaratişga kömaklaşiş, mijozlar va bank daromadlarini köpaytiriş borasidagi işlar yetarli emasligi tanqid qilindi.

Misol uçun, xususiy banklar kredit resursining yarmidan köpini depozitlar hisobiga şakllantirayotgan bölsa, davlat banklarida bu körsatkiç atigi 10 foiz atrofida.

Şuningdek, davlat banklari kredit portfelining yarmidan köpi 5ta yirik davlat korxonasi hissasiga töğri keladi. Hanuz eskirgan dasturiy taʼminotlardan foydalanayotgani uçun bank xizmatlari sifati talab darajasida emas.

Tizimda soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida banklar faoliyatida davlat iştiroki bosqiçma-bosqiç qisqartirilmoqda. Xususan, davlat dasturlari doirasidagi kreditlar foizi qayta moliyalaş stavkasi bilan tenglaştirildi va 2021 yildan töliq erkinlaştirilişi belgilandi. Bu banklarni köproq mijoz topiş, resurs jalb qiliş, kredit ajratiş böyiça izlanişga, rivojlanişga undaydi.

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş davlat dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan loyihalarni kreditlaş tartibini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, banklar transformatsiyasini tezlaştiriş va sifatli amalga oşiriş maqsadida barça davlat banklaridagi aktsiyadorlik vazifasi Moliya vazirligiga yuklatildi.

Yiğilişda Moliya vazirligi va Markaziy bankka Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini uzoq muddatli rivojlantiriş strategiyasini yakunlaş vazifasi qöyildi.

Davlat rahbari tijorat banklarining hozirgi holatini tahlil qilib, dolzarb çora-tadbirlarga töxtalib ötdi.

Bugungi kunda banklarga qöyilgan depozitlarning 70 foizi qisqa muddatli bölgani holda, kreditlarning 90 foizi uzoq muddatga berilgan. Ayrim banklarda joriy xarajatlar daromadga nisbatan 60-70 foizni taşkil etadi.

Şu bois banklarni moliyaviy soğlomlaştiriş va ularning barqarorligini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.

Banklarning mijozga yönaltirilgan, aholining keng qatlamiga möljallangan xizmatlarini köpaytiriş hamda kreditlaş tartibini soddalaştiriş böyiça topşiriqlar berildi. Onlayn va mobil aloqa orqali xizmat körsatiş, çet ellarda keng tarqalgan «skoring» va avtomatlaştirilgan modulli kredit ajratiş tizimini kengaytiriş zarurligi qayd etildi.

Banklarning taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş, biznesga yönaltirilgan korporativ boşqaruv tizimi va kuzatuv kengaşlarini jonlantiriş muhimligi körsatib ötildi. Investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş orqali xususiy sektor iştirokini kengaytiriş kerakligi taʼkidlandi.

– Endi banklar resurs jalb etiş böyiça «öz aravasini özi tortişi» kerak. Şundagina bozor şaroitiga mos, zamonaviy boşqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi, – dedi Prezident.

Yiğilişda kadrlar masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, Markaziy bank huzurida taşkil etilayotgan Bank xodimlarini qayta tayyorlaş korporativ markazi va Toşkent moliya instituti bu borada jiddiy şuğullanişi kerakligi aytildi. Bank xodimlarining mijozlar bilan işlaşini rağbatlantiriş, ular faoliyatini samaradorlikka qarab baholaş indikatorlarini joriy etiş böyiça ham körsatmalar berildi.

Yiğiliş söngida «Sanoatqurilişbank» hamda Xalq bankining 2020 yil va istiqboldagi rejalari taqdimoti ötkazildi.

×